TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. AQSh Rossiyaga Suriyada "jimlik haftaligi"ni e’lon qilishni taklif etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"14-15 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga Amerika tomonning taklifini yetkazdi. Amerika delegatsiyasi Rossiyaga Suriyada 7 kunlik "jimlik" e’lon qilishni taklif qilgan. Bu vaqt oralig‘ida Vashington mo‘’tadil muxolifatchilarni terrorchilik uyushmalaridan ajratib olmoqchi", — deb xabar qilgan nashrga muzokarada ishtirok etgan vakillardan biri.