TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Islom Karimov 27-iyul kuni Xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston respublikasi Prezidenti, Xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov tomonidan boshqarilgan majlisda mamlakatimizning janubiy sarhadlarida xavfsizlikni ta’minlash, tahdid va xavf-xatarlarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi", — deyilgan xabar matnida.
Majlisda hukumat va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etgan.