TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Tadbirkorlarni farqlash belgisi — beyjik bilan ta’minlash haqidagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilingan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi bozor va savdo komplekslari shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqish asosida har bir jamiyatda farqlash belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish va nazoratini olib borish uchun alohida bo‘lim tashkil etish yoki mutaxassis lavozimini kiritish taklif etilmoqda.
Xabarga ko‘ra, mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy muddat o‘tgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun: ko‘krakka taqiladigan znachok, qog‘oz kartochkalar — beyjik deb ataladi. Beyjiklardan nafaqat savdo xodimlari, balki yirik anjuman, ommaviy tadbir (ko‘rgazma, festival, kitob yarmarkalari) qatnashchilari ham foydalanishadi.
Beyjiklar — uni taqqan kishi haqida tezkor ma’lumot (uning ismi-sharifi, lavozimi, ishlaydigan kompaniyasi) olish uchun kerak.