O‘n sakkiz tonna qurtlagan shaftoli Novosibirskdan O‘zbekistonga qaytarildi

Obuna bo‘lish
Inspektorlar O‘zbekistondan olib kelingan shaftolilarda sharq mevaxo‘rini aniqlaganlari aytilmoqda.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Novosibirsk viloyati veterinariya va fitosanitariya federal xizmati boshqarmasi O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelingan 18 tonna meva mahsulotlarini ortga qaytardi, deb xabar qilinmoqda boshqarma saytida.

Ortga qaytarilgan partiya 9,075 tonna shaftoli va 9,214 tonna yiltir shaftolilardan iboratligi aytilmoqda. Xabarga ko‘ra, mevalar Rossiyaga avtomobil transporti orqali olib kelingan. O‘tkazilgan fitosanitariya nazorati davomida esa olib kelingan mevalarning barchasida sharq mevaxo‘ri (meva qurti) borligi aniqlangan.

Zararlangan mevalarning barchasi shu paytning o‘zidayoq karantinga olingan va Rossiya hududida ularni iste’mol qilish ta’qiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, sharq mevaxo‘ri ichki karantin obyekti hisoblanib, olma, nok va behi daraxtlarining mevalariga xuddi olma qurti kabi zarar yetkazadi. Hasharot danakli mevalardan shaftoli, gilos, olxo‘ri, o‘rikka ham jiddiy zarar yetkazadi. U asosan novda va mevani zararlaydi. Yangi o‘sgan novda uchidan kirib o‘rtasini kemiradi. Meva ichiga kirib danak atrofini yeydi va yetilib, meva ichidan chiqadi va g‘umbakka aylanadi.

© Rosselxoznadzor po Novosibirskoy oblasti RFZararlangan meva mahsulotlari
Zararlangan meva mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Zararlangan meva mahsulotlari
Yangiliklar lentasi
0