O‘zbekistonda havo harorati pasayib, kuchli shamol kuzatiladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishKuchli yomg‘ir
Kuchli yomg‘ir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar xabariga ko‘ra, iyul oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Toshkent shahri va bir necha boshqa regionlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Xabarga ko‘ra, ayrim hududlarda havo harorati pasayishi kuzatiladi.

28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Samarqand, Jizzax, Guliston viloyatlari va Farg‘ona vodiysida 28-iyul kuni kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 22-27 darajagacha pasayadi. 29-iyul kuni kunduzi — 28-33 daraja issiq kuzatiladi, kechasi esa havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi. Shamol tezligi soniyasiga 12-17 metrni tashkil qiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi 22-27, kechasi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0