Ozarbayjonda qurol-aslaha zavodida baxtsiz hodisa ro‘y berdi

© Foto : STRVzriv v gorode Shirvan na zavode "Araz" Ministerstva oboronnoy promishlennosti
Vzriv v gorode Shirvan na zavode Araz Ministerstva oboronnoy promishlennosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurol-aslaha zavodida sodir bo‘lgan portlash ovozlari 10 kilometr uzoqlikda ham etitilib turgan.

TOShKENT, 26-iyul —  Sputnik. Ozarbayjonning Shirvaz shahrida joylashgan “Araz” qurol-aslaha zavodida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli 2 kishi qurbon bo‘ldi 24 kishi jarohatlandi, Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan.

Ozarbayjon  Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, “Araz” zavodida yuz bergan portlash saqlash muddati tugagan portlovchi moddalarni utilizatsiya qilish vaqtida sodir bo‘lgan.

Yo‘q qilinishi mo‘ljallangan 146 tonna mahsulot ichida uchqun paydo bo‘lib yong‘in chiqqan, keyin u kuchayib butun zavod hududiga tarqalgan. Kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 2 kishi qurbon bo‘lgan 24 kishi o‘rta va yengil jarohatlar olgan.

© Foto : APAMoshniy vzriv na zavode telemexaniki "Araz" Ministerstva oboronnoy promishlennosti AR
Moshniy vzriv na zavode telemexaniki Araz Ministerstva oboronnoy promishlennosti AR - Sputnik O‘zbekiston
Moshniy vzriv na zavode telemexaniki "Araz" Ministerstva oboronnoy promishlennosti AR

Guvohlar aytishiga qaraganda, bir necha soat davom etgan portlash ovozlari 10 kilometr uzoqlikda ham etitilib turgan. Atrof hududga ko‘plab snarad bo‘laklari va temirlar sochilib ketgan. FVV yaqin atrofda yashaydigan fuqarolarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilgan.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi ushbu fojea yuzasida tezkor tergov guruhi tashkil qilib tekshiruvni boshlagan. Zavod ma’muriyati xavfsizlik qoidalarini buzish va ma’suliyatsizlikda ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0