Rossiya migratsiya qonunchiligini takror buzgan chet ellik deport qilinishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishKreml, Moskva
Kreml, Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kirish va chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan qonun loyihasi Davlat dumasi e’tiboriga taqdim qilindi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya IIV Rossiyaga kirish va chiqish tartibini mukammallashtirishga qaratilgan qonunchilik loyihasini mamlakat Davlat dumasi hukmiga havola qildi. Bu haqda Rossiya hukumati rasmiy saytida xabar qilingan.

"Yangi qonunchilik loyihasiga ko‘ra, Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida, Moskva va Leningrad viloyatlarida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar birinchi marta mamlakatga kirish-chiqish tartibini buzadigan bo‘lsa, sud tomonidan ularning deportatsiya qilinishini bekor qilish mumkin bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiya IIV tomonidan ushbu qonunga migratsiya qonunchiligini bir yil davomida qayta buzgan chet el fuqarosini Rossiyadan deport qilish to‘g‘risida qo‘shimcha kiritishni taklif etgan.

 

Yangiliklar lentasi
0