Honda o‘rniga Ravon

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda "Honda Ligovskiy" avtosaloni o‘rnida birinchi Ravon avtomobillari diler markazi ochildi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Ravon avtomobil brendi ushbu yilning avgust oyidan boshlab Sankt-Peterburgda o‘z avtomobillarini sota boshlaydi, Delovoy Peterburg xabariga asosan.

Kompaniyaning mahalliy dileri sifati tadbirkor Dmitriy Lazarev nazorati ostida bo‘llgan “MarkoPromt” kompaniyasi tayinlandi. Avtomobillar Kamchatskaya ko‘chasida joylashgan avtomarkazda sotila boshlaydi.

Oldin ushbu avtosalon “Xonda Ligovskiy” nomi bilan aholiga tanish edi. Ma’lumki, o‘tgan yili iqtisodiy  qiyinchiliklarga uchragan Honda avtomobil brendi Rossiya bozorini butunlay tark etdi.

Birinchi avtomobillar yangi diler saloniga ikki haftadan keyin yetib keladi. Diler oyiga 30-50 avtomobil sotishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Ravon Rossiyaning 20 hududida sotilmoqda. Ravon brendi Rossiya bozoriga Daewoo va Chevrolet brendlari o‘rniga kirib keldi.    

 

Yangiliklar lentasi
0