TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. AQSh prezidentining rafiqasi Mishel Obamaning fikricha, Qo‘shma Shtatlarning sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton AQSh prezidenti nomiga loyiq yagona nomzoddir, RIA Novosti xabari asosida.
"Men ishonadigan yagona inson bor va u prezident bo‘lish uchun kerakli malakaga ega — bu Xillari Klinton", — deb ta’kidlagan Obama Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan Demokratlar partiyasi yig‘inida.
AQShning birinchi xonimi 2008-yilda prezidentlik poygasida Barak Obamaga yutqazgan Klinton "yana o‘z mamlakatiga xizmat qilishga kirishgani — davlat kotibi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgani" haqida eslatib o‘tdi.
"Shuni aniq bilaman-ki, u hech qachon bosim ostida sinmaydi va oson yo‘llar izlamaydi", — degan ishonch bilan Mishel Obama Xillari Klintonda Amerika xalqiga xos xarakter borligini ta’kidlab.
AQShning yangi prezidenti 8-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi. Xillari Klintonning prezidentlik poygasida yagona raqibi respublikachi Donald Trampdir.