TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Bugun tunda Yaponiyaning Tokioga qo‘shni bo‘lgan Kanagava prefekturasida joylashgan Sagamihara shaharchasida dahshatli fojea sodir bo‘ldi. Yoshi 20-30lar orasida bo‘lgan, pichoq bilan qurollangan yigit, tun soat 2.30 da nogironlar uyiga kirib bir necha o‘nlab kishiga pichoq sanchdi.
Asahi gazetasi xabariga ko‘ra, jahldan o‘zini yo‘qotgan yigit “men butun dunyodan barcha invalidlarning yo‘q bo‘lishini istayman” deb baqirib duch kelgan odamga pichoq sanchib ketavergan. Oqibatda 15 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 45 kishi turli jarohatlar olgan.
Xabarga ko‘ra, jinoyatchining o‘zi politsiya huzuriga kelgan. Tekshirv natijasida u ushbu nogironlar internatining sobiq xodimi bo‘lib chiqqan.