TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Amerikaning Michigan shtati politsiya xodimlari, qurbonning smartfonida bo‘lgan ma’lumotlarni olish maqsadida, uning barmoqlari nusxasini 3D printerda yasab berishga buyurtma berishgan. Smartfonni ochishda marhum qaysi barmog‘idan foydalanganligi ma’lum bo‘lmagani tufayli, huquq himoyachilari uning 10 barmog‘ini nusxasini yasab chiqishga buyurtma berishgan, Metro nashri xabariga asosan.
Politsiya xodimlari, smartfonda jinoyatchi haqida ma’lumot borligiga ishonchi komil bo‘lganidan keyin, marhum hayotlik davrida olingan barmoq izlari nusxalarini laboratoriyaga topshirishgan. Michigan universiteti biometriya pofessori Anila Jayn va uning aspiranti Sanprita Aroradan marhumning o‘nta barmoq nusxasini 3D printerdan chiqarib berishgan.
Bu safar AQSh politsiyachilari telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyaga murojaat qilib o‘tirmaganlar. Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning dekabrida AQShning San-Bernardino shahrida otishma uyushtirgan terrorchi haqida ma’lumot olish maqsadida FBR Apple kompaniyasiga jinoyatchining telefonini ochib (razblokirovka) berishni so‘ragan. Kompaniya o‘z huquqlarini ro‘kach qilib uning telefonini ochib berishdan voz kechadi. Shundan keyin FBR norasmiy mutaxassislarga (xakerlarga) murojaat qilishga majbur bo‘lgan edi.