TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Buratiyalik bo‘lgan ikki fuqaro va bir O‘zbekiston fuqarosi, 10 nafar O‘zbekistonlik ayolni majburiy ishlatish maqsadida respublika hududiga olib kelishgan, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov Qo‘mitasining hududiy bo‘limi.
Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Buratiya respublikasining ikki fuqarosi va bir O‘zbekistonlik ayol 10 nafar O‘zbekistonlik ayollarni noqonunuy ravishda, ularni majburiy ishlatish maqsadida, Buratiya hududiga olib kelishgan. Ularni pribaykalsk tumanidagi OOO “Grand Teks”ga qarashli bo‘lgan, qo‘lqop tikish fabrikasida joylashtirishgan.
Ayollarga erkin harakatlanish, jumladan fabrika hududidan chiqish ta’qiqlangan. Ularning hujjatlari olib qo‘yilgan. Ularni ishlashga majburlashgan, ishdan bosh tortganda – jismoniy jazo berish bilan qo‘rqitishgan.
Ayni damda hibsga olinganlarga nisbatan qamoq jazosi bo‘lgilash choralari ko‘rilmoqda. Tergov ishlari davom etmoqda.