TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kecha Braziliya politsiyasi, Olimpiya olovni ko‘tarib yugurib borayotgan sportchiga tajovuz qilgan shaxsni qo‘lga oldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Voqea Braziliyaning San-Paulu shtatidagi Guarulyus shahrida sodir bo‘ldi. Nomalum erkak Olimpiya mash’alini ko‘tarib yugurib borayotgan sportchiga hujum qilgan. Uni marosimni kuzatib borayotgan huquqni saqlash xodimlari darhol to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqea natijasida bir politsiyachi jarohatlangan. Tajovuzkor erkak esa hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz Rio-de-Janeyroda yozga Olimpiya o‘yinlari 5 – 21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 206 mamlakatdan 11 mingga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda. 26 sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda 306 shoda medallar taqdim etiladi.