TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bugungi kunda Qozog‘iston O‘zbekistonlik turoperatorlar bilan mahalliy turistlarni EKSPO-2017ga taklif qilish masalasini muhokama qilmoqda, dedi Yerik Utembayev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi.
Uning fikriga ko‘ra, ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistondan ko‘plab mehmonlar va biznsmenlar kelishi mumkin. Ikki mamlakatning juda katta ishlatilmagan hamkorlik imkoniyatlari bor.
“Biz, Ostonada bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro ko‘rgazmaga 5 milliondan ortiq kishi kelishini kutmoqdamiz. Eng ko‘p mehmonlarni biz aynan O‘zbekistondan taklif qilmoqchimiz. Ikki mamalkat orasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar O‘zbekistonliklarga EKSPO-2017ga tashrif buyurish uchun turtki bo‘ladi", — dedi elchi.
Elchining so‘zlariga qaraganda, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ham ushbu g‘oyaga katta qiziqish uyg‘otgan va bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, ushbu yirik tadbir o‘tkazish davrida chegaradan o‘tishni osonlashtirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
Undan tashqari, diplomatning fikriga ko‘ra, EKSPO-2017ga kelgan mehmonlarning ko‘pida, O‘zbekistonning mashhur yodgorliklarini ziyorat qilish istagi paydo bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston ushbu sayohatlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga tayor. Xususan, ko‘rgazma kunlari Qozog‘iston aviakompaniyalari Ostonadan Samarqandga, Buxorogo va Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkogniga ega.
“Umuman olganda, bu o‘zigan xos turistik loyihaga aylanishi kerak, ko‘rgazmaning bo‘lsa, nafaqat biznesmenlar uchun, balkim oddiy turistlar uchun ham o‘ziga xos mayoq bo‘lishi kerak. Biz shu bilan bir vaqtda Qozog‘iston va O‘zbekistonning turli hududlari orasida yaqin munosobatlar o‘rnatmoqchimiz. Buning uchun biz alohida yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada birinichi qadam Navoiy va Qizilo‘rda viloyatlari orasida aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘lishi mumkin”, — dedi elchi Yerik Utembayev.
Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ko‘rgazmaning asosmiy mavzusi bu “Kelajak energiyasi” bo‘ladi. Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma alternativ energiya manbaalari rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida Qozog‘iston, Rossiya va Xitoydan keyin, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatlar orasida 2007-2016 yillarda Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi imzolangan. 1997-yildan beri hukumatlar orasida qo‘shma savdo-iqtisodiy komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda.