Ansbaxda sodir bo‘lgan terrorchilikda 12 kishi jarohatlandi

© REUTERSRettungsdienste am Anschlagort, Ansbach
Rettungsdienste am Anschlagort, Ansbach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Ansbax shahri restoranlaridan birida 24-iyul kechqurun portlash sodir bo‘ldi. Terrorchining o‘zi qurbon bo‘ldi, 12 kishi og‘ir jarohatlandi.

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Germaniyaning Ansbax shahrida sodir bo‘lgan portlashda 12 kishi jarohatlandi, terrorchining o‘zi qurbon bo‘ldi.   

Ansbax shahrida portlash uyushtirgan shaxs Suriyalik 27 yoshli migrant eokanligi aniqlandi. Politsiya xabariga ko‘ra u oldin ham ikki marotaba o‘zini o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan.

Portlash 24-iyul kech soat 22:00 da Ansbax restoranlaridan birida sodir bo‘lgan. Dastlab guvohlar ushbu portlash gaz oqib ketishi natijsida bo‘lgan deb o‘ylashgan edi. Keyin esa portlash joyidan bu terrorchilik akti bo‘lgani aniqlangan, xususan portlovchi uskuna ichiga joylashtirilgan ko‘plab kichik metall jismlar topilgan. 

Politsiya xabariga ko‘ra, terrorchining o‘zi qurbon bo‘lgan 12 kishi og‘ir jarohatlanib kasalxonalarga yotqizilgan.

Portlash uyushtirgan shaxs 27 yoshli Suriya fuqarosi bo‘lganligi aniqlangan. Bir yil oldin unga “qochqin” maqomi berilmagan ekan. Shahar politsiya rahbarining so‘zlariga qaraganda ushbu Suriyalik migrant bundan oldin ham 2-marta suiqasd qilishga urinish tufayli politsiyaga tushgan ekan, keyin esa, uni  ruhiy kasalxonaga joylashtirishgan ekan.

Politsiya terrorchining biror ekstremistik guruh a’zosi bo‘lganlik ehtimolini inkor qilmaydi. Ayni damda ushbu ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0