Qobuldagi portlashda 31 kishi qurbon bo‘ldi

© SHAH MARAI / AFPPosledstviya vzriva v Kabule
Posledstviya vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat xabariga ko‘ra, hujum uch xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Ulardan birning “shahid belbog‘i” portlagan, ikkinchisiniki ishlamay qolgan, uchinchisi esa politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Qobuldagi portlash oqibatida 31 kishi qurbon bo‘ldi, 200 dan ortiq odam jarohatlandi, RIA Novosti xabari asosida.

Telekanal xabarida aytilishiga qaraganda, portlash oqibatida kamida 31 kishi qurbon bo‘lgan 200ga kishi jarohatlangan.

Portlash Qobulning Dexmazang tumanida sodir bo‘lgan. Bu yerda elektr liniyasi qurilishiga loyihasiga qarshi chiqqan namoyishchilar to‘dasi ichida sodir bo‘lgan.

Pajhwok axborot agentligi Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabari asosida qurbonlar soni 31 kishi bo‘lganligini tasdiqladi.

Mamlakat xavfsizlik kuchlari xabariga ko‘ra, qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Namoyishchilarga uch xudkush terrorchi hujum qilgan. Ulardan birning “shahid belbog‘i” portlagan, ikkinchisiniki ishlamay qolgan, uchinchisi esa politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ushbu fojea uchun javobgarlikni Rossiyada ta’qiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0