Munxenlik jinoyatchi - 18 yoshli Germaniya va Eron fuqarosi

© AFP 2023 / Lukas Schulze / dpaGroßeinsatz der Polizei in München
Großeinsatz der Polizei in München - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha kechqurun, politsiya tomonidan kamida uch nafar terrorchi tomonida shaharning uch joyida pistolet va avtomatlardan otishma uyushtirildi, degan xabar tarqatilgan edi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Munxenda otishma uyushtirgan jinoyatchi ikki mamalkat fuqarosi bo‘lgan, dedi shahar politsiya rahbari Xubbertus Andre.

“U Germaniya va Eron fuqarosi bo‘lgan”, — dedi jurnalistlarning “unda nemis pasporti bo‘lganmi”, — degan savoliga.  

Andre aytishiga qaraganda jinoyatchi Munxenda o‘n yildan ortiq yashab kelgan.

Terrorchilikda ayblanayotgan shaxs nima sababdan ushbu ishni amalga oshirgani, bunga nima sabab bo‘lgani va nima uchun u o‘zini o‘zi otib o‘ldirgani hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Shuning uchun bo‘lib o‘tgan jinoyat – terakt ekanligi hali aniq emas.

Polizisten an der Münchner U-Bahn-Station Karlsplatz/Stachus - Sputnik O‘zbekiston
Munxenda 8 kishi qurbon bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, juma kuni kechqurun Munxendagi “Olimpiya” savdo markazida, Karlplats maydonida va metro bekatlaridan birida o‘q ovozlari eshitildi. Otishmada 9 kishi qurbon bo‘ldi va 16 kishi jarohatlandi, ulardan uchtasi juda og‘ir ahvolda. Qurbonlar va yaralanganlar orasida o‘smirlar ham bor.

Kecha kechqurun, politsiya tomonidan kamida uch nafar terrorchi tomonida shaharning uch joyida pistolet va avtomatlardan otishma uyushtirildi, degan xabar tarqatilgan edi.

Jinoyatchini qidirishda 2,3 ming nafar politsiya xodimlari  ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0