TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Xitoy hukumati, yuzag kelgan texnik qiyinchiliklar tufayli, O‘rta-Osiyo Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi quvuri qurilishini muzlatib qo‘ymoqchi emas, dedi XXR Tijorat vazirligi O‘rt Osiyo departamenti vitse-prezidenti Luo Vey Dong.
Oldin bir qator OAVlarda, Turkmaniston va Xitoy orasidaga muzokaralarning murakkab kechayotgani va “Turkmaniston – O‘zbekiston – Tojikiston – Qirg‘iiston – Xitoy” gaz o‘tkazgichning to‘rtinchi quvuri qurilishi vaqtincha muzlatib qo‘yilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
“Ushbu gaz o‘tkazgich Xitoy va butun O‘rta Osiyo uchun juda muhim. U “Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy belbog‘i” tashabbusining eng yirik loyihalaridan biri. Gaz o‘tkazgich O‘rta Osiyo respublikalari va Xitoy orasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini hamda Xitoyning Sinsan-Uyg‘ur avtonom viloyatining janubiy va markaziy qismlarini gaz bilan ta’minlash imkonini beradi. Biz ushbu loyihaning tezlashtirilishiga umid qilamiz”, — dedi Luo Vey Dong.
Gaz quvuri qurilishida, asosiy gaz manbai bo‘lgan Turkmaniston va Xitoy orasida ayrim texnik muammolarga duch kelgan. Shu sababdan loyha bir yilga muzlatilgan. Ayni damda tomonlar orasida gazning narxi va yetkizib berish shartlari muhokama qilinmoqda.
Eslatb o‘tamiz, O‘rta Osiyo – Xitoy gaz o‘tkazgichining uch quvuri allaqachon qurib bitkazilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bgungi kunda Xitoyning ayrim hududlarigi O‘rta Osiyo gazisiz tasavvur qilish qiyin. Masalan, Pekin ham O‘rta Osiyo gazi bilan ta’minlanadi.
“Ishonchim komilki loyiha uchun javobgan bo‘lgan bizning va Turkmaniston korxonalari paydo bo‘lgan muammolarni tez orada hal qilish imkoniga ega. Shuning uchun loyiha qurilishi tez orada amalga oshirila boshlanadi. Xitoy bu katta va ochiq bozor. Bizning mamalkat O‘rta Osiyo bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga umidvor”, — dedi suhbatdosh.
Uzunligi 1 ming km bo‘lgan, O‘rta Osiyo — Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi quvuri loyihaning umumiy quvvatini 85 mlrd kubga yetkizish imkonini beradi. O‘zbekiston bo‘lagi uzunligi 200 km, qiymati 800 mln $ ni tashkil qiladi. Gazning asosiy manbai Turkmaniston bo‘ladi.
O‘rta Osiyo — Xitoy gaz quvuri qurilishi 2008-yilda boshlandi. Uning birinchi quvuri 2009-yilda foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan uch quvurning umumiy uzunligi 7 ming km, umumiy quvvati — yiliga 55 mlrd. kub. Bu dunyodagi eng uzun gaz quvurlaridan bir hisoblanadi.