TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Vimpelcom kompaniyasining sho‘’basi bo‘lgan Beeline Uzbekistan litsenziyasi yana 15-yilga uzaytirildi, kompaniya matbuot xizmati xabari asosida.
Sohani nazorat qiluvchi muassasa tomonidan Bilaynga berilgan litsenziya uyali aloqa tarmoqlarini loyhalashtirish, qurish va abonentlarga uyali aloqa xizmati ko‘rsatish faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
“Biz, O‘zbekistonda litsenziyamiz uzaytirilganidan juda xursandmiz. Bu ushbu bozorda o‘z muxlislarimizga sifatli xizmat ko‘rstaishda davom etamiz. Abonentlariimizning 88 %ni 2G va 52 %ni 3G aloqasi bilan ta’minlamoqdamiz. Hozir esa 4G/LTE tarmog‘ini jiddiy kengaytirishga tayorgarlik ko‘rmoqdamiz”, — dedi Beeline Uzbekistan rahbari Dmitriy Shukov.
Eslatib o‘tamiz Vimpelcom sho‘’ba korxonasi Bilayn O‘zbekiston 1996-yilda tashkil qilingan edi. Bugungi kunda kompaniya abonentlarining soni 9,5 mln ga yetidi. 2006-yildan beri kompaniya O‘zbekiston uyali aloqa bozoriga sarmoyalari miqdori 1 mlrd dollardan oshdi. Tulangan soliqlar miqdori esa — 950 mln $ ni tashkil qildi.