OAV: Rossiya Amerika harbiylarining maxfiy bazasini bombardimon qildi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya aviatsiyasi Suriyadagi "ID" pozitsiyalariga zarba bermoqda
Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi ID pozitsiyalariga zarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin OAVlarda Rossiya aviatsiyasi amerikalik harbiylar tomonidan foydalanib kelingan harbiy bazani bombardimon qilgani haqida xabar tarqalgan edi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Suriyadagi Amerika harbiy bazasiga aviazarba berilgani bilan bog‘liq hodisadan Kremlning xabari yo‘q, deb bayonot qilgan Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabari asosida.

Bundan sal oldin OAVlarda Rossiya aviatsiyasi amerikalik harbiylar tomonidan foydalanib kelingan harbiy bazani bombardimon qilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ushbu hodisa haqida Kreml xabardormi, degan savolga Peskov: "Yo‘q, xabardor emas. Gazetalarda nashr qilingan bunday xabarlarga ayni vaqtda hech qanday izoh berish niyatim yo‘q", deya javob qilgan.

"Bu kabi savollar bilan mamlakat Mudofaa vazirligiga murojaat qilish lozim", — deya qo‘shimcha qilgan Putinning matbuot-kotibi.

Yangiliklar lentasi
0