Videomagnitofonning Gitlerga nima aloqasi bor?

SSSR videomagnitofoni "Elektronika VM12"
SSSR videomagnitofoni Elektronika VM12 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyul oxirida dunyodagi eng oxirgi videokasseta zavodi o‘z faoliyatini yakunlaydi. Videotasvirni magnit tasmaga yozish texnolgiyasi dastlab Gitler Germaniyasida yaratila boshlangan, urushdan keyin esa AQShga olib chiqib ketilgan.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Dunyoda faoliyat yuritayotgan eng oxirgi videokassetalar zavodi iyul oxirida yopiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Yaponiyaning Funai Corporation kompaniyasi o‘z faoliyatini iyul oxirida yakunlaydi. Kompaniya rahbariyati o‘zining ushbu qarorini “ehtiyot qismlar topishda duch kelayotgan qiyinchiliklar” bilan bog‘ladi.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yilda bor-yo‘g‘i 750 ming dona videokasseta sotilgan. 1950-yillar uchun revolyutsiya darajasidagi texnologiyalar, bugungi kunda hech kimga kerak emas. 20-30 yil oldin millionlab videokassetalar sotilar edi.

Ushbu munosobat bilang, keling magnit lentaga vide yozish texnologiyasi tarixiga bir nazar tashlaylik. Dastlab magnit lentaga ovoz yozish texnologiyasi fashistlar Germaniyasi tomonidan o‘rganila boshlagan. Ha-ha ushbu texnologiya aynan Gitler qo‘l ostida yaratila boshlagan. Lekin urush tugagab qolganidan keyin, amerikaliklar texnologiyaga oid barcha asbob uskunalarni Germaniyadan olib chiqib ketgan.

© radioscanner.ruGermaniyada 1939-yilda ishlab chiqarilgan AEG tasmali magnitofoni
Germaniyada 1939-yilda ishlab chiqarilgan AEG tasmali magnitofoni - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada 1939-yilda ishlab chiqarilgan AEG tasmali magnitofoni

O‘sha zamonda AQShda mavjud bo‘lgan bir necha yetakchi radioelektronika kompaniyalari magnit lentaga ovoz va tasvir yozishning “iloji yo‘q” deb, ushbu texnologiyadan voz kechgan.

1920 yillarda Rossiyadan amerikaga emigratsiya qilgan radioelektronika sohasi olimi Aleksandr Ponyatovning “Ampeks” kompaniyasi ushbu  mushkul vazifaga qo‘l uradi. Ponyatov va uning safdoshlari 8-yil davomida astoyidil ishlaganidan keyin, 1956-yilda birinchi videomagnitofon paydo bo‘ladi. O‘sha payt uchun bu haqiqiy revolyutsiya edi.

© flikr.comAMPEX studiya video magnitofoni
AMPEX studiya video magnitofoni - Sputnik O‘zbekiston
AMPEX studiya video magnitofoni

Uning narxi 50 000 $ bo‘lgani uchun, faqat yirik telekompaniya va millionerlar uni sotib olishga qurbi yetgan. “Ampeks” bundan keyin ham bir necha o‘n yillar davomida soha yetakchisi bo‘lib qolgan. Aytmoqchi, aynan “Ampeks” 1960-yillarda rangli televidenie texnologiyasini yaratadi. O‘sha vaqtlarda yangi paydo bo‘layotgan kompyuterlar uchun dastlabki "vinchester" o‘rnida ham videolenta ishlatiladi.

Tarixda shunday voqea bo‘lgan ma’lum. 1959-yilda Xrushevga uning AQSh prezidenti Kennedi bilan uchrashuvi tasvirlangan videokasseta sovg‘a qilishganida, uning o‘ta jahli chiqib ketadi, chunki sobiq SSSRda ushbu kassetani tomosha qiladigan birorta ham uskuna mavjud bo‘lmaydi. SSSRda birinchi studiya videomagnitofoni "Kadr-1"1960 yilda paydo bo‘ladi. Birinchi ommaviy videomagnitofonlar esa 1967-yillarda paydo bo‘ladi.

© kino-teatr.ru"Malaxit" - 1967-yilda ishlab chiiarilgan SSSRning birinchi ommaviy videomagnitofoni
Malaxit - 1967-yilda ishlab chiiarilgan SSSRning birinchi ommaviy videomagnitofoni - Sputnik O‘zbekiston
"Malaxit" - 1967-yilda ishlab chiiarilgan SSSRning birinchi ommaviy videomagnitofoni
Yangiliklar lentasi
0