TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya aviatsiyasi rasmiy bayonotiga ko‘ra, Rossiya 22-iyuldan Turkiya bilan aviaparvozlarni tiklagan.
"Rasmiy Anqara o‘z hududida Rossiya fuqarolari xavfsizligi o‘ta yuqori darajada ta’minlashini haqida ishonchnoma olinganidan so‘ng, Rossiya hukumati Turkiya bilan aviaparvozlarni tiklashga qaror qildi. Endilikda Rossiya hududidagi barcha aviakompaniyalardan Turkiyaga reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi", — deyiladi xabarda.
Rossiya transport vazirligi ham ushbu xabarni tasdiqlagan. Rossiyaning eng yirik aviatashuvchilaridan biri bo‘lmish "Aeroflot" Istambul va Antalyaga chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘yganligi aytilmoqda.