TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. 20-iyul kuni O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish yakunlandi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2016-yilda 663 298 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 21-iyul kungi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2015-yilgi ko‘rsatkichdan salkam 57,5 mingtaga ko‘proq hisoblanadi. Bu orqali O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon eng yuqori natija qayd etildi. 1-avgust kungi imtihonlar vaqtida 1 mandat uchun o‘rtacha 11,51talik raqobat kuzatiladi.
Keyingi o‘rinlarni Qarshi davlat universiteti (26 332 nafar abituriyent, raqobat — 1 mandat uchun 18,88) va Andijon davlat universiteti (25 991 nafar abituriyent, raqobat — 1 mandat uchun 18,28) egallagan.
UZ24 nashri ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari orasida esa Toshkent davlat pedagogika universiteti eng ko‘p ariza qabul qilgan — 14 636 nafar abituriyent aynan shu oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan.
Yangi tashkil etilgan O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 5 031 abituriyent hujjat topshirgan — universitet o‘zining birinchi o‘quv yiliga 300 talabani qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul kvotasiga asosan O‘zbekiston OTMlari 2016/2017-o‘quv yilida bakalavriat uchun 57 907 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi. Shulardan 19120 nafari davlat grantlari asosida, 38787 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.