Tojikiston hukumati tanqidiy maqola uchun Rossiya nashriga ta’qiq e’lon qildi

© Sputnik / Ratushenko / Mediabankka o‘tishDushanbe shahri aholisi
Dushanbe shahri aholisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Komsomolskaya pravda" nashrida e’lon qilingan tanqidiy maqola Tojikiston hukumatini keskin chora ko‘rishga majbur qildi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Tojikiston hukumati Rossiyaning "Komsomolskaya pravda"("KP") nashri faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Nashrda xabar qilinishicha, bir necha kun oldin "KP" saytida jurnalist Sergey Ponamarovning Tojikistonga safari haqida maqola paydo bo‘lgan.

"Tojikiston: sovet tuzumi bema’niligidan yorug‘ kelajak sari" ("Tadjikistan: iz sovetskogo prozabaniya v svetloe budushee") deb nomlangan maqolada muallif Tojikiston ahli va butun mamlakat nomiga bir qancha tanqidiy izohlar bildirgan", deyiladi xabarda.

"Tojikiston" gazetasi bosh muharriri Sharif Xamdampurning so‘zlariga ko‘ra, "Komsomolka" rahbariyati materialning ahloqiy tomoni hamda Tojikistondagi oddiy fuqarolarga nisbatan bildirilgan qator mulohazalarga nisbatan bildirilgan e’tirozlarga bir necha kun davomida javob bermagan.

Shundan so‘ng, Xamdampur mamlakatda "KP" nashri faoliyatini vaqtincha to‘xtatish qarorini qabul qilgan.

Ma’lumot uchun: "Komsomolskaya pravda" Tojikistonda 2006-yildan buyon chop etib kelinadi va aholi o‘rtasida ommalashgan nashrlardan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0