TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Amerika maxsus xizmati so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Olga Komova Tailandda hibsga olindi, deb xabar qilgan Tailand sayyohlik politsiyasi boshlig‘i general-mayor Surachet Xakpxan.
"FBR so‘rovi asosida O‘zbekiston fuqarosi 25 yashar Olga Komova va Rossiya fuqarosi Dmitriy Ukrainskiy 15-iyul kuni Tailandda qo‘lga olindi", deb xabar qilgan u.
Generalning so‘zlariga qaraganda, Komovani u mehnat qilayotgan mehmonxonada qo‘lga olishgan. O‘zbekiston fuqarosi Amerika kredit kartalaridan 28,5 million dollar o‘marganlikda gumon qilinmoqda.
Rossiyalik Dmitriy Ukrainskiy esa ayolga bu pullarni o‘marishda yordam berganligi ta’kidlanmoqda.