Rossiyada chet el talabalari soni 230 mingga yaqinlashdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)
Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p ariza, har doim ham O‘zbekiston va Tojikiston abituriyentlaridan olinadi. Misol uchun O‘zbekistonga ajratilgan 150 kvotaga uchun 4 mingdan ortiq kishi hujjat topshirgan.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiyada o‘qiyotgan chet el talabalari soni bu yil 230 ming kishiga yetishi mumkin. Shu bilan bir vaqdta talabalar orasida nafaqat kvota asosida o‘qiydiganlar,  balkim o‘z hisobidan o‘qiyotganlar ham ko‘p, deydi Rossotrudnichestvo rahbari Lyubov Glebova.

“Biz ushbu tendensiyani uzoq vaqtdan beri kuzatib bormoqdamiz – Rossiyada nafaqat kvota asosida, balkim o‘z hisobidan kelib o‘qiyotgan talabalar ham ko‘p. Chet ellik talabalar uchun budjet o‘rinlari soni o‘zgarmagan – 15 ming kishi. Talabalar soni bo‘lsa 187 ming kishi. Bu yil ushbu ko‘rsatkich 230 ming kishiga yetishi kutilmoqda”, — deydi Glebova “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida.

Talabalar ko‘payishiga osonlashtirilgan hujjat topshirish tizimi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Oldin hujjatlarni qabul komissiyasiga olib kelib topshirish kerak bo‘lardi. Endi bo‘lsa barcha ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda bizning portal orqali yuborish imkoni mavjud.

Mamlakatlar bo‘yicha eng ko‘p kvota Vyetnamga beriladi – 855, Xitoyga – 830 va Ukrainaga – 600 o‘rin. Eng ko‘p sonli arizalar O‘zbekiston va Tojikistondan qabul qilinadi. Misol uchun Tojikiston uchun ajratilgan 342 o‘ringa 5702 ariza topshirilgan. O‘zbekistonning 150 o‘rniga – 4 mingdan ortiq kishi talabgor, deydi Glebova.

 

Yangiliklar lentasi
0