Iphone, Malibu va massaj – internetda eng ommaviy qidiruvlar

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSmartfon. Arxivnoe foto
Smartfon. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston internet savdo maydonchasidan fuqarolar eng ko‘p nima qidirgani haqida.

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan internet savdo maydonchasi olx.uz 2016-yilning birinchi yarmida o‘zbekistonliklar internetda qanday tovar va xizmatlar izlaganini haqida statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar internet ko‘p hollarda smartfon va avtomobil izlagan. Smartfonlar orasida so‘rovlarda birinchilikda: Iphone 6,  Iphone 5, Nokia va Xiaomi brendlari. Avtomobillar orasida esa — Captiva, Malibu, Spark va Lacetti modellari ko‘proq qidirilgan.

Internet orqali qidirilgan xizmatlar orasida esa, birinchi o‘rinda massaj, uy va dala hovli ijarasi hamda velosipedlar ayrboshlash xizmatlari qidirilgan.

Eslatib o‘tamiz, olx.uz bu sobiq torg.uz  bo‘lib, O‘zbekistondagi eng ommaviy e’lonlar maydonchasidir. Uning xizmat bazasi 120 ming e’londan tashkil topgan va har oy qo‘shimcha 80 ming e’lon evaziga kengayib bormoqda. Olx.uz O‘zbekistonda eng ommaviy saytlar o‘ntaligiga kiradi. Saytda amalga oshiriladigan bitimlarning 95% dan ortig‘i Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0