Yerevanda bir necha yuz politsiya xodimlari namoyishchilarni quvib soldi

© Sputnik / Asatur YesayansYerevan barrikadasi
Yerevan barrikadasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya xodimlari garovda ushlab turilgan shtab polki binosi oldida to‘plangan namoyishchilar va politsiya xodimlari orasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Bugun erta tongda Yerevan politsiyasi, radikallar to‘rt kundan beri politsiya xodimlarini garovda ushlab turgan, shtab polki binosi oldidan to‘plangan namoyishchilarni, ularning tajovuzkor hatti-harakatidan keyin quvib soldi, Sputnik Armeniya xabariga asosan.

“Bir necha yuz kishidan iborat politsiya xodimlari sanoqli daqiqalarda shtab polki oldidan to‘plangan namoyishchildardan tozaladi. Ikki bor ogohlantirishdan keyin maydonda qolgan barcha namoyishchilar politsiya bo‘limiga olib kelindi”, — deyilgan xabarda.  

Chorshanba kechqurun namoyishchilar va politsiya orasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar bino ichida politsiya xodimlarini garovga olgan radikallarni ovqat bilan ta’minlashni va ushbu ovqatni ularga muxolifatchi deputat Nikol Pashinyan olib kelib berishini talab qilishgan. Bunga rad javobi olgan, to‘da politsiya zanjirini uzib o‘tmoqchi bo‘lib hujumga o‘tgan. Politsiya ularga qarshi ko‘z yoshlantiruvchi gaz va shovqinli granatalar ishlatgan, bir necha bor osmonga qarata o‘q uzgan.

O‘zini tajovuzkor tutgan bir namoyishchi hibsga olingach namoyishchilar politsiyaga toshlar va buyumlar bilan hujumga o‘tgan. To‘qnashuv davomida 51 kishi turli jarohatlar olgan. Ulardan yarmisi politsiya xodimlari.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan yakshanba kuni bir guruh qurollangan shaxslar politsiya binosi ichiga kirib olib u yerda bo‘lganlarni garovga olgan. Hujum vaqtida bir politsiyachi qurbon bo‘lgan, olti kishi yaralangan.

© Sputnik / Asatur YesayansProtestuyushiy s kamnem v rukax
Protestuyushiy s kamnem v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Protestuyushiy s kamnem v rukax

Ayni damda radikallar to‘rt politsiya xodimini garovda ushlab turishibdi. Ular orasida Armaniston politsiya rahbari o‘rinbosari Vardan Yegiazaran, Yerevan politsiyasi rahbari o‘rinbosari Valeriy Osipanlar bor. Jinoyatchilar, noqonuniy qurol saqlashda ayblanayotgan, radikal muxolifatchi Jirayr Sefilyanni ozod qilishni talab qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0