O‘zbekistonda ishsizlik darajasi o‘zgarmadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishBo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 %ga o‘sib, 13 million 192 ming kishini tashkil etdi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. 2016 yilning yanvar-iyunida respublikada ishsizlik darajasi o‘tgan yilgi kabi o‘zgarishsiz qolgan (5,2%) va ishsizlar soni 723,6 ming kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

2016 yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga o‘sib, 13 million 191,5 ming kishini tashkil etdi.

Davlat sektorida faollik 18,2 % bo‘lsa (2015 yilda — 18,4 %), nodavlat sektorda — 81,8 % (81,6 %). Kichik tadbirkorlik bilan bandlar ulushi 77,7 %ga qadar o‘sdi (77,3 %).

Tashish va saqlash (3,8 %), yashash va ovqatlani xizmatlari (3,7 %), axborot va aloqa (3,4 %), qurilish (3,3 %) va savdo (2,8 %) singari iqtisodiy faoliyat turlarida bandlikning sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari salmoqli ulushga ega bo‘lib, bandlik darajasi 27 %ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich sanoatda — 13,6 %, savdoda — 10,4 %, qurilishda — 9,4 %, ta’limda — 8,4 %ga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0