TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti agentligi.
Xabarda aytilishicha, Klivlend shahrida o‘tgan Respublikachilar partiyasining qurultoyida Tramp kerakli ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Joriy yil 8-noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida milliarderning raqibi Xillari Klinton bo‘lishi kutilmoqda.