O‘zTIAISVda Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy
Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida koreys kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalariga qaratildi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 19 iyul kuni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot-xizmati.

"Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamda investitsiya va moliya-texnika sohalarida hamkorlikning hozirgi va istiqboldagi holatlari haqida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida koreys kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalariga qaratildi", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0