TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, avgust oyining boshida Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnayotgan “Afrosiyob”tezurar poyezdi o‘rniga boshqa poyezd qo‘yiladi.
“2016 yil 2,3,4,9,10,11,15,16,17 avgustl kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi №762/761-sonli Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi texnik nazoratdan o‘tishi sababli o‘rniga tezurar poyezd yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz!”, — deyilgan AJ tarqatgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, qo‘shimcha ma’lumotni 1005 telefon raqamidan olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz 5,6,7 Iyul kunlari ham Afrosiyob boshqa poyezd bilan almashtirilgan edi.