Pokistonlik model qiz o‘z akasi tomonidan o‘ldirildi

© Qandeel Baloch OfficialPokistonlik model va bloger Kandil Baloch
Pokistonlik model va bloger Kandil Baloch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistonda o‘z suratlarini internet blogda joylashtirgan model Kandil Baloch o‘z akasi tomonidan “oila nomusi uchun” o‘ldirildi. Akasi jurnalistlarga o‘z qilmishi uchun pushaymon qilmayotganini bildirdi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 26 yoshli Pokistonlik bloger model Kandil Baloch, o‘z akasi tomonidan o‘ldirildi. OAV xabarlariga ko‘ra bu “oila nomusi uchun” qilingan qotillik bo‘lgan, Dazed and Confused nashri xabariga asosan.

Qizning jonsiz tanasi uning Panjob viloyatida joylashgan uyidan topilgan. Politsiya Balochning akasi Vasimni hibsga olgan. Vasim jurnalistlar oldida o‘z singlisini bo‘g‘ib o‘ldirganini tan olgan. U buni “oila sha’ni uchun” amalga oshirganinni va bu haqida pushaymon qilma yotganini ham bildirgan.

Vasim oldin o‘z singlisidan modellik ishidan voz kechishni bir necha bor so‘raganligi ma’lum.

Oldin internetda olib borgan blogida Baloch noma’lum kishilar unga turli po‘pisalar yo‘llayotganini va davlat himoyasiga muhtojligini bir necha bor xabar bergan edi.  

Qaddi qomati kelishgan Kandil Baloch instagrammda yelkasi ochiq bluzka va kalta yubka kiyib tushgan sur’atlarini tarqatganidan keyin shariat qonunlari va eskicha dunyoqarash kuchli bo‘lgan Pokistonda shov-shuv ko‘tarilgan edi.

Foto opublikovano Qandeel Baloch (@qandeelbalochquebee) May 10 2016 v 10:17 PDT

O‘zining blogida Kandil Baloch millionlab Pokistonlik ayollar nomidan mamlakatda mavjud bo‘lgan patriarxal (erkaklar hukumronligi) tizimga qarshi chiqayotganini ta’kidlagan edi.

O‘zining eng oxirgi, 4-iyul kuni qoldirgan yozuvida, Baloch o‘z faoliyati yordamida barcha odamlarga dunyoga kengroq nazar solishni va ularni bog‘lab turgan cheklov va “muhr”lardan voz kechish kerakligini tushuntirmoqchi bo‘lgan edi. 

#qandeelbaloch #hot #instalike #instagram #followme #follow #karachi #pakistan

Foto opublikovano Qandeel Baloch (@qandeelbalochquebee) May 18 2016 v 12:10 PDT

Ko‘plab Pokistonlik qizlar uchun Baloch madaniy o‘rnak bo‘lgan. Erkin nuqtayi nazarlari  uchun uni hurmat qilshgan. Shu bilan bir vaqtda ayrim odamlar internetda va hayotda unga turli po‘pisalar ham yo‘llashgan.

Pokistonda “oila sha’nga dog‘ tushirgani uchun” yaqin kishisi tomonidan o‘ldiriish – tez-tez uchrab turadigan hol. Shunday sabab bilan mamlakatda har yili mingdan ortiq ayol o‘ldiriladi.

Pokiston, ayollar uchun eng xavfli bo‘lgan mamlakatlar orasida, dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.  Ayollar ushbu mamalkatda  faqat bola tarbiyasi va uy ishlari bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0