Chorvoq yo‘lida ulkan tirbandlik paydo bo‘ldi

© Facebook / Voditeli TashkentaChorvoq yo‘lida avtomobil tiqini
Chorvoq yo‘lida avtomobil tiqini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“VT” ijtimoiy tarmog‘i guruhi a’zolarining xabariga ko‘ra, yo‘l tiqini sababchisi bu talaba va abituriyentlar. Boshqalar fikriga ko‘ra – tog‘da dam olish bu yangicha rusm, emish.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Chorvoqda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar ushbu kunlarda kutilmagan noqulayliklarga duch kelishdi. Yo‘lda uzunligi bir necha kilometr bo‘lgan yo‘l tiqini hosil bo‘ldi. Ko‘plab avtomobillar Bir necha avtomobillar "probka"ni ko‘rib orqaga qaytib ketishgan. Ularni tushunsa bo‘ladi, bunday issiqda to‘xtab turgan avtomobil ichida o‘tirish  ham  oson emas.

“Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari yozishicha, yo‘lning ikkala tomoni ham liq to‘la edi. Plyajda esa yotishga emas, o‘tirishga ham joy yo‘q edi.

Ijtimoiy guruh a’zolarning birining fikriga ko‘ra, probkaning sababi — ushbu kunlarda Toshkentga kelgan minglab abituriyentlar, emish.  

“Biz, o‘ylab turib, shaharda odam ko‘p, tiqilinch, balkim bir toqqa borib kelarmiz, degandik. Keyin bilsak, butun Toshkent shunday deb o‘ylagan ekan!”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Guvohlar aytishicha DAN xodimlari haydovchilarga hazillashib “Toshkentda mashina qoldimi o‘zi?” – deb so‘rashar ekan.  

Boshqalar bo‘lsa – bularning hammasiga yangi rums aybdor — hozirgi yozla tog‘da, dam olish maskanlarida to‘planishni yaxshi ko‘rishadi deydi.

Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda ta’tillar mavsumi. Lekin, narxi arzon bo‘lmagan dam olish maskanariga borishga hammaning ham puli yetmaydi. Ko‘pchillik basseyn, daryo yoki kanallarga cho‘milishga boradi.

Chorvoq suv ombori Toshkentliklarning eng sevimli joylaridan biridir. Birinchidan bu yer shinam va chiroyli tog‘ manzarlarga boy, ikkinchidagn shahardan ko‘ra ancha salqin, uchinchidan cho‘milish mumkin bo‘lgan Chorvoq suv ombori bor. Afsuski, aholisi 2,5 mln kishi bo‘lgan Toshkent atrofida bunday joylar sanoqli, shuning uchun ham Chorvoq yo‘lida tiqilinch bo‘lsa kerak…

© Facebook / Voditeli TashkentaSezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka
Sezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka - Sputnik O‘zbekiston
Sezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka

 

Yangiliklar lentasi
0