Erdo‘g‘on ison oqshomida nima uchun xalqqa smartfon orqali murojaat qilganini aytdi

© REUTERS / HUSEYIN ALDEMIRTurkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi
Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyadagi hokimiyat armiya tomonidan qo‘lga olingani e’lon qilinganidan so‘ng, mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on smartfondagi Facetime servisi orqali xalq bilan aloqaga chiqib, hali ham Turkiya Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni ekanini ma’lum qilib, odamlarni maydonlarga chiqishga chaqirgan edi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti ison ro‘y bergan tunda xalqqa nima uchun smartfon orqali murojaat qilgani sababini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Men televideniya, OAV xodimlarini taklif qilib, barcha turk ahliga oynai-jahon orqali murojaat qilmoqchi edim, ammo, odamlar o‘z uylarida milliy telekompaniyalar translyatsiyasini tomosha qila olmasdilar. Shu bois, "B" planga o‘tishga majbur bo‘ldik — biz smartfonlar va bir qator xususiy telekanallardan foydalandik", — degan Turkiya prezidenti CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Erdo‘g‘on shuningdek, agar o‘sha tunda oilaviy hordiq olayotgan Marmaris shahrida o‘n daqiqa ushlanib qolganida, isonchilar tomonidan o‘ldirilgan yoki asir olingan bo‘lishini aytgan.

Turkiyada harbiy ison 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Harbiylar vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirishgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0