TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya turoperatorlari uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidze bu yil Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter aviareyslar tiklanmasligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Nashrda yozilishicha, 14-iyul kuni Rossiya va Turkiya delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan. Muzokaralar davomida tomonlar kurortlarda sayyohlarning xavfsizligi masalasini muhokama qilganlar. Natijada ikki davlat vakillari Turkiya sayyohatchilar uchun xavf tug‘diradigan joylar ro‘yxatini taqdim etishi lozim, degan xulosaga kelishgan.
"Rossiya tomonidan bildirilgan talablar va bunga Turkiyaning munosabatini ishchi guruh bitta hujjatga jamlaydi, muhokama qiladi va hayotga tatbiq etadi", — deb aytgan Lomidze.
Ayol shuningdek, Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy ison tufayli ayni vaqtda Rossiya aholisi o‘rtasida Turkiyaga borishni xohlovchilar soni keskin pasayganligini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan birga, Lomidze, Turkiyaga sayyohlik yo‘llanmalarini xarid qilganlar, safardan voz kechish niyatida emasligi haqida ham gapirgan.