TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Turkiyadagi harbiy to‘ntarishning oldi olindi, ammo xavf to‘laligicha bartaraf etilgani yo‘q, deya bayonot qildi Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik dushanba kuni. RIA Novosti xabari asosida.
Ishikning so‘zlariga qaraganda, Turkiya ko‘plab to‘ntarishlarni boshdan kechirgan, "ammo bu galgisi kishini g‘azablantiradigan xoinlik aktidan boshqa narsa emas. "Hatto chet ellik bosqinchilar ham turk xalqini osmondan turib vertolot va samolyotlar yordamida bombardimon qilmagan".
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiya harbiy qo‘mondonligi mamlakatda hukumat ularning qo‘liga o‘tganini e’lon qilgan edi. Ammo bir kun ichida Turkiya hukumati ushbu harbiy isonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi va bu haqda teleefir orqali ma’lum qildi.
Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra Toyib Erdo‘g‘on saroyiga qilingan hujumda — harbiy isonda qatnashgan 750 harbiy hibsga olingan va unvonlaridan mahrum qilingan, ular orasida 5 nafar general va 29 nafar polkovnik bor.
Xabarlarga ko‘ra, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi halok bo‘lgan. Turkiya hukumati AQShda istiqomat qilayotgan islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulenni ushbu isonni tashkil qilganlikda ayblamoqda.