TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 16-iyul, shanba kuni Ko‘prik Amu-Buxoro kanali ustidan o‘tganQorovulbozor — Buxoro yo‘nalishida joylashgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi, deb xabar qilmoqda UZ24.
Nashrda yozilishicha, hodisa joyida suratga olingan suratlar internet tarmog‘ida paydo bo‘lgach, "O‘zavtoyo‘l" davlat aksiyadorlik kompaniyasi A380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" avtoyo‘lining 185-kilometridagi ko‘prikning bir qismi qulaganini tasdiqlagan.
"Ko‘prikning besh tiragichi oraliqlaridan biri tushib ketgan, buning oqibatida 1961-yilda qurilgan inshootning to‘sinlari qulagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q", — deb xabar bergan nashr.
Ta’kidlanishicha, yengil avtomashinalar ko‘prik ustidan harakatlanishda davom etadi, yuk mashinalari esa 25 kilometr ortiqcha yo‘l bosib ko‘prikni aylanib o‘tadi. Ta’mirlash ishlari tez orada yakunlanadi.