Turkiyada harbiylar isoniga kim boshchilik qilgan

© REUTERS / Yagiz KarahanPopitka voyennogo perevorota v Tursii
Popitka voyennogo perevorota v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada tungi qo‘zg‘olon qurbonlari soni 90 kishiga, hibsga olinganlar soni 1563 kishiga yetdi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on o‘zining erta tongda Istambul aeroportida so‘zlagan nutqida aholidan vaziyat barqaror bo‘lmaguncha ko‘cha va maydonlarda qolishni so‘ragan edi, Sputnik Turkiye xabariga ososan. 

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, tunda bo‘lib o‘tgan ison oqibatida 90 kishi qurbon bo‘lganini va 1154 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi.

Turkiyada bo‘lib o‘tgan isonda sobiq Havo kuchlari qo‘mondoni general Akın Öztürk va Quruqlik kuchlari qo‘mondoni general Metin xiyonatidan boshlandi deb xabar bermoqda, Turkiya OAVlari.

​Ayni damda xoinlikda ayblanib hibsga olingan harbiylar soni 1563 kishiga yetdi. Harbiylarning aksariyati o‘z xoxishi bilan qurollarini topshirib politsiya va olomonga taslim bo‘lmoqda.

Bugun ertalab Turkiya qurolli kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0