Islom Karimov Nissa terakti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning milliy bayrami - Bastiliya olinishi kunida amalga oshirilgan terakt natijasida 84 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ziyod odam jarohatlangan, shulardan 50 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Ollandga 2016-yilning 14-iyul kuni Nissa shahrida sodir etilgan terakt munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi fojiaviy xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganligini qayd etdi, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi", deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni Fransiyaning Nissa shahrida terakt amalga oshirildi. Mahalliy vaqt bilan 22.30da katta yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borgan, natijada 84 kishi halok bo‘lgan, 100dan ziyod odamlar jarohatlangan.

Fransiya prezidenti Fransua Olland hujumni terakt deb atagan va mamlakatdagi 26-iyulda tugashi lozim bo‘lgan favqulodda holat yana uch oyga uzaytirilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0