Nissadan videolavha: teraktdan keyingi birinchi daqiqalar

Obuna bo‘lish
Nissada teraktdan keyinshi birinchi daqiqalar suratga olingan videolavhada baqir-chaqir va yuzlab odamlar ko‘chadan yugurib ketayotganini ko‘rish mumkin.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Ushbu fojea payshanba kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Terrorchi yuk avtomobilini Bastiliya kuniga bag‘ishlangan mushakbozlikni tomosha qilish uchun yig‘ilgaodamlar ustiga haydagan.

Guvohlar aytishiga qaraganda, 2 kilometr davomida mashina to‘xtamasdan zig-zag shaklida harakatlanib odamlarni bosgan. Undan tashqari haydovchi odamlarni o‘qqa tutgan degan gaplar ham bor. Terrorchini politsiya xodimlar to‘xtatgan. Yuk mashinasidan ko‘p miqdorda qurol yarog‘ topilgan.

Qurbon bo‘lganlar orasida ko‘p mamalkat fuqarolari bor, jumladan Rossiyaliklar ham.

Reyter xabariga ko‘ra, yuk mashinasini 31 yoshli asli Tunislik bo‘lgan Fransiya fuqarosi boshqargan.

© SputnikNissadagi terakt
Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Nissadagi terakt
Yangiliklar lentasi
0