Rossiya Qrim yarim oroli himoyasiga S-400ni yubormoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishS-400 zenit-raketa majmuasi
S-400 zenit-raketa majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qrim yarimoroli havo hududini S-300 kompleksi himoya qilmoqda.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi avgust oyida Qrim yarimoroliga "Trium" deb nomlangan eng so‘nggi modeldagi S-400 zenit-raketa majmuasini yuboradi, deb xabar qildi juma kuni 18-zenit raketa polki qo‘mondoni o‘rinbosari, podpolkovnik Yevgeniy Oleynikov.

Xabarlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qrim yarimoroli havo hududini S-300 kompleksi himoya qilmoqda.

"Boshlang‘ich harbiy otishmalar o‘z nihoyasiga yetishi bilan… 2016-yilning avgustida qabul qilingan texnika (S-400)ni doimiy dislokatsiya (ko‘chish) joyi… Feodosiyada joylashtirish rejalashtirilmoqda…", — deb ta’kidlagan Oleynikov harbiy mahsulotlarni qabul qilish kunida.

Ma’lumot uchun: keyingi yillarda dunyodagi barcha armiyalarda dushmanni masofadan turib  yo‘q qilish, ya’ni yuzma-yuz to‘qnashuvdan saqlaydigan vositalarga ko‘proq urg‘u berilmoqda. Shu asnoda, eski raketa majmualari modernizatsiya qilinib, yangilari yaratilmoqda. Ammo dushman aviatsiyasini mag‘lub qilish uchun mo‘ljallangan vositalar har bir davrda alohida rol o‘ynab kelgan.

S-400 zenit-raketa majmuasi ana shunday vositalardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0