Toshkentliklar Fransiya xalqiga hamdardlik bildirmoqda

© UZ24Sveti u zdaniya posolstva Fransii v Tashkente
Sveti u zdaniya posolstva Fransii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt aholisi erta tongdan Fransiya elchixonasi oldiga gullar, sham va bolalar o‘yinchoqlari olib kelmoqda. Elchixona sahifasida Fransiya xalqi nomiga chin ko‘ngildan aytilgan ko‘plab hamdardlik so‘zlari yozilmoqda.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Fransiyaning Nissa shahrida 84 kishining umriga zomin bo‘lgan mudhish terrorchilik, O‘zbekiston aholisini befarq qoldirmadi. Toshkentliklar erta tongdan Fransiya elchixonasi oldiga gullar olib kelmoqda.

Elchixona ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Fransiya xalqi nomiga ko‘pchilik chin ko‘ngildan aytilgan hamdardlik so‘zlarini yozib qoldirmoqda.

“Sodir bo‘lgan mudhish fojea yuzasidan bizning hamdardligimizni qabul qiling. Terrorchilik doimo ablah, surbet va g‘ayriinsoniy bo‘lgan. Fransiya xalqi bilan birgalikda qurbonlar ruhiga uchun duo qilamiz”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

“Bugun ertalab yangiliklardan bildim. Videolavhani ko‘rib…,  nima deyishimni ham bilmay qoldim… Dunyo bularning barchasidan charchadi” – deb izoh bergan boshqa bir foydalanuvchi.

© SputnikNissadagi terakt
Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Nissadagi terakt

Eslatib o‘tamiz, kecha payshanba kuni kechqurun, Nissadagi Angliya qirg‘og‘ida terrorchi yuk avtomobilini mushakbozlikni tomosha qilishga jamlangan odamlar ustiga haydagan. Fojeada  84 kishi qurboni bo‘lgan va 200 kishi jarohatlangan edi.   

Guvohlar aytishiga qaraganda, yuk avtomobili ikki kilometr davomida zig-zagsimon yurib odamlarni bosgan. Undan tashqari terrorchi odamlarga qarata o‘q otgan. Politsiya uni yo‘q qilgan.

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi ayni damda Fransiya qutqaruv xizmatlari bilan aloqada bo‘lib Nissada O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni aniqlamoqda.

 

 

Yangiliklar lentasi
0