Sputnik Magnum Photography Awards mukofotini qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovSputnik Magnum Photography Awards mukofoti bilan taqdirlandi
Sputnik Magnum Photography Awards mukofoti bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Magnum Photography Awards - jahonning eng obro‘li professional maydonlaridan biri, u yerda o‘z mehnat mahsullari bilan ishtirok etish uchun huquqini qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi fotosuratchilar o‘zaro raqobatlashadilar.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Sputnik fotomuxbiri Valeriy Melnikov Ukraina janubi-sharqida amalga oshirgan "So‘nggi soniyada" ishi uchun Magnum Photography Awards 2016 xalqaro tanlovida "fotomuxbirlik" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tanlovda jami 127 davlatdan fotosuratchilar ishtirok etgan. Surat esa 2014-yil 2-iyunda suratga olingan.

Suratda Ukraina Qurolli kuchlari aviazarbasi natijasida ro‘y bergan yong‘indan qochayotgan Lugansk stanitsasi aholisi tasvirlangan. Surat — Melnikovning Donbassga uyushtirgan safari chog‘ida yaratilgan "Ukraina qora kunlari" ishlarining bir qismi hisoblanadi.

"Men hammasiga o‘z ko‘zlarim bilan guvoh bo‘lganman va kamera obyektivi orqali ro‘y bergan hodisaning butun dahshatini ko‘rsatib berishga harakat qilganman. Mening fotoreportajlarim kuchi ham shunda — reallik fojiasida, — deydi Melnikov. — Ochig‘i, ko‘nglimda ikki hil tuyg‘u kechmoqda — men jurnalist va o‘z ishining ustasi sifatida sovrinni qo‘lga kiritganimdan faxrlansam, shu vaqtning o‘zida hayotiga falokat kirib kelgan tinch aholi va odamlarga qattiq achinaman".

Valeriy Melnikov — fotojurnalistika sohasida bir qancha obro‘li mukofotlar sovrindori.

Yangiliklar lentasi
0