Kareliya rahbari hududdagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishKareliya respublikasi
Kareliya respublikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kareliya viloyati rahbari Aleksandr Xudilaynen o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib hududda yashayotgan o‘zbeklar hayoti va urf odatlari bilan tanishdi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Kareliya respublikasi rahbari Aleksandr Xudilaynen Umumrossiya o‘zbeklar va O‘zbekiston xalqlari milliy-madaniy boyliklarini saqlab qolish jamoat tashkiloti vakili Yodgorbek Muxtorov va Akmal Qahhorovlar bilan uchrashdi, Kareliya portali xabariga asosan.

Tashkilot maqsadi – milliy o‘zlikni saqlab qolish, Rossiyada yashayotgan o‘zbeklarning tili va madaniyatini rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi xalqlari orasida do‘stlikni kuchaytirish hamda millatlararo, dinlararo mojarolarning oldini olishdir.

Mehmonlar viloyat rahbariga Kareliyada yashayotgan o‘zbeklarning hayoti, oilaviy bayramlari va urf-odatlari haqida aytib berishdi. 2010-yilda bo‘lib o‘tgan umumrossiya aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Kareliya o‘lkasida – 554 o‘zbek yashaydi. Yodgorbek Muxtorovning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda Kareliyaga kelib migratsiya hisobida turgan mehnat migrantlari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari soni  bir ming kishiga yaqinlashgan.

Aleksandr Xudilayn o‘zbek jamoasining 6-avgustga rejalashtirilgan “Sabantuy do‘stlarni birlashtiradi” ijtimoiy tadbirida qitnashish imkoni bilan qiziqdi.

Kareliya rahbarining o‘zbek diasporasiga yaqin kelajakdagi rejalari haqida bergan savoliga “Yashash va ishlash! Kareliya haqiqatdan ko‘p millatli, xushko‘ngil respublika hisoblanadi. Bu yerda “ponayexali” degan ibora eshitilmaydi. Bu biz uchun juda muhim.”, — deb javob berdi Yodgorbek Muxtorov.

Kareliya miliy siyosat vaziri Andrey Maninning so‘zlariga qaraganda o‘zbek diasporasi viloyatda o‘tkazilayotgan “Kareliyada do‘stlik yo‘nalishi” kabi migrantlarni mahalliy hududga moslashtirish dasturlarining faol qatnashchisidir. Undan tashqari Yodgorbek Muxtorov – Kareliya milliy siyosat  vazirligi Petrozavodsk shahri bo‘yicha Maslahat Kengashi a’zosidir.

© gov.karelia.ruVstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diaspori
Vstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diaspori - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diaspori
Yangiliklar lentasi
0