TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy tennis jamoalari orasida qur’a tashlash bo‘lib o‘tdi, Nuz.uz xabariga asosan.
O‘zbekiston jamoasi tarkibida bir necha o‘zgarishlar bo‘ldi: xususan, Jo‘rabek Karimov o‘rnida Xumoyun Suyunov qatnashadigan bo‘ldi. Xitoy jamoasiga qarshi kurashada O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin va Farrux Do‘stov hamda Sanjar Fayziyevlar qatnashadi. Xitoy jamoasi obro‘sini esa U Di, Sze Chjan, Chje Li va Mao-Sin Gunlar himoya qiladi.
15 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Farrux Do‘stov va Sze Djan uchrashadi, ikkinchi jangda esa Denis Istomin va U Di bellashadi.
16 iyulda juftli o‘yinlarda Denis Istomin Farrux Dustov bilan Xitoylik duet Chje Li va Mao-Sin Gunlar bilan uchrashadi.
Musobaqaning oxirgi kunida Denis Istomin Dje Li, Farrux Dustov esa U Di bilan uchrashadi.
Jamoalarning oxirgi yillarda bo‘lib o‘tgan 8 uchrashuvidan 5 tasi O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlangan edi.