Peterburgda noqonuniy yashayotgan 43 nafar O‘zbekiston fuqarolari aniqladi

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva / Mediabankka o‘tishMigrantlar hayoti
Migrantlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg prokuraturasi noqonuniy yashayotgan 60 nafar migrantlarni aniqladi. Ular viloyatdagi Sestroresk shaharchasida sobiq pansionat binosida yashab kelishgan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Sankt-Peterburg prokuraturasi viloyatda yo‘lga qo‘ylgan noqonuniy migratsiya holatini aniqladi. O‘zbekiston, Armaniston, Tojikiston va Belorussiyalik migrantlar viloyatning kurort shaharchasi hisoblangan Sestroreskda joylashgan sobiq pansionat hududida yashab kelishgan.

“Sankt-Peterburgning viloyati Migratsiya xizmati bilan birgalikda Sestroreskda joylashgan sanatoriya qurilish maydonchasida migratsiya qonunlari, yong‘in xavfsizligi qoidalarini tekshirish o‘tkazdi”, — deyilgan xabarda.    

Prokuratura xabariga ko‘ra, sobiq “Duna” pansionati hududidagi qurilish maydonchasida joylashgan qarovsiz binoda 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 8 nafar Armaniston fuqarosi, 5 nafar Tojikiston fuqarosi va 1 Belorussiyalik yashayotgan bo‘lishgan.

Xonalarda, yotish joylari, xolodilniklar va plitalar o‘rnatilgan bo‘lgan. Jinoiy ish “Noqonuniy migratsiya tashkil qilish” – bandi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0