https://oz.sputniknews.uz/20160714/3315869.html
Pand yeyish san’ati: noqulay ahvolga tushgan siyosatchilar
Pand yeyish san’ati: noqulay ahvolga tushgan siyosatchilar
Sputnik O‘zbekiston
Mashhur siyosatchilar tez-tez kulgili holatlarga tushib turishadi, "xavf" kutilmagan joydan chiqishi mumkin - o‘chirilmagan mikrofon yoki ko‘rinmas kamera dunyo... 14.07.2016, Sputnik O‘zbekiston
2016-07-14T16:30+0500
2016-07-14T16:30+0500
2016-07-14T17:28+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/330/03/3300388_0:58:3500:2038_1920x0_80_0_0_6e7d19b632f80737219aa1e543ea99ad.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2016
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/330/03/3300388_81:0:3418:2097_1920x0_80_0_0_0e09dd28a5101915d8fea7bdce18e34a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Pand yeyish san’ati: noqulay ahvolga tushgan siyosatchilar
16:30 14.07.2016 (yangilandi: 17:28 14.07.2016) Mashhur siyosatchilar tez-tez kulgili holatlarga tushib turishadi, "xavf" kutilmagan joydan chiqishi mumkin - o‘chirilmagan mikrofon yoki ko‘rinmas kamera dunyo rahbarlarini sanoqli soatlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun masxara obyektiga aylantiradi. Demak, so‘nggi vaqtlarda eng kulgili holatga tushgan rahbarlar...
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Internet tarmog‘ini "portlatgan" eng so‘nggi janjal qahramoni — kichik-Jorj Bush bo‘ldi. AQShning 43-prezidenti bundan oldin ham ko‘p marotaba masxara qilingan bo‘lsa-da, ammo bu galgi qilig‘i boshqalaridan oshib tushdi. Dallasda yuz bergan otishma qurbonlari dafn marosimida kichik-Jorj Bush atrofdagilarni taajjubda qoldirgancha sho‘x raqs ijro etdi.
Aytgancha, Barak Obama, Devid Kemeron va Daniya Bosh vaziri Xelle Torning Shmitt JAR prezidenti, siyosiy arbob Nelson Mandelaning dafn marosimida tabassum ila selfi qilishgani ham jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan edi.
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko "Yevromaydan" qurbonlarini xotirlash marosimida kulib yuborgan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland ham qiziq holatlarga tushib turadi. Misol uchun, quyidagi, Jazoirda terrorchilar qo‘lidan o‘lim topgan 10 nafar Yapon fuqarolari haqida gapira turib, "Xitoy xalqi"ga chuqur ta’ziya bildirgan.
Rasmiy kechki tushlik vaqtida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Devid Kemeron vazirlardan birining ketiga shappati tushirgan. Kemeronning bu harakati internet foydalanuvchilari o‘rtasida turlicha qabul qilindi va kinoyali izohlarga sabab bo‘ldi.