Atambayev Qirg‘izistonda paranji haqida plakatlarni tarqatishni buyurdi

© SputnikBeshkekda plakat
Beshkekda plakat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti bugungi kunda mamlakatga begona madaniyat kirib kelayotganini ta’kidlab xalqni o‘z madaniyati va tilini saqlab qolishga chaqirdi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ikki kun oldin Beshkekda paydo bo‘lgan "Kayran elim, kayda baratabiz?" – “Bechora xalqim, qayga ketmoqdamiz?!” plakatnini ko‘paytirib butun mamalkat bo‘ylab tarqatishni buyurdi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Ikki kun oldin Qirg‘iziston poytaxtida qirg‘iz milliy kiyimi kiygan ikkinchi tarafida paranji kiygan ayollar surati tushirilgan plakatlar paydo bo‘lgan edi.

Angela Merkel bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida,  Atambayev o‘z yordamchilariga ushbu bannerlarni butun mamlakat bo‘ylab joylashtishni buyurganini aytdi.

“Kelinglar, arab, pokiston, bangladesh va boshqa madaniyatlarni milliy qirg‘iz madaniyati bilan aralashtirmaylik. Bizning o‘z milliy liboslarimiz va tilimiz bor. Masalan, nimaga “adal”, emas “halal” deyishimiz kerak? Men Qur’onni bir necha bor o‘qib chiqqanman. Bizga begona madaniyat va tilni bog‘lashning keragi yo‘q. Bizga bunday plakatlar kerak”, — dedi Atambayev.

Aytishlariga qaraganda tunda kimdan ushbu plakatlardan birni yechib olgan. “Bu ishni qilgan odam boshqalar fikrini qabul qilmaydigan kishi”, — dedi Atambayev.

Atambayevning fikriga ko‘ra, xalq uchun eng asosiysi — o‘z madaniyati, tili va milliy liboslarini saqlab qolishdir. Prezident aytishiga ko‘ra, “bugun tilga qarshi chiqayotgan odamlar ertaga kalla kesishni boshlaydi”.

Yangiliklar lentasi
0