Angela Merkel Qirg‘izistonga keldi

© SputnikAngela Merkel v Kirgizstane
Angela Merkel v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14 iyul kunlari Germaniya kanslerining Qirg‘izistonda rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif Qirg‘iziston prezidenti Almazbeka Atambayev tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Germaniya kansler Angela Merkel Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Erta tongda Almazbek Atambayev Angela Merkelni Beshkek aeroportida kutib oldi. Aeroportda ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarilda va davlat madhiyalari jarangladi. Undan keyin Merkelni qirg‘iz milliy taomi — bo‘g‘irsoq bilan siylashdi.

© SputnikAngela Merkel v Kirgizstane
Angela Merkel v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Angela Merkel v Kirgizstane

Davlat rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar keng ko‘lamli xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalar bo‘yicha fikr almashishdi. Merkel shu qatorda bir qator fuqaro jamoalari rahbarlari bilan ham uchrashdi.   

Uchrashudan keyin jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Angela Merkel mamlakatda “faol fuqaro jamiyati mavjudligini” ta’kidladi. Undan tashqari  Merkel “respublika murakkab iqtisodiy sharoitda ekanligini”, “biznesni rivojlantirish kerakligini” ham aytib o‘tdi. 

Angela Merkelning so‘zlariga qaraganda Germaniyada 600 nafar yosh Qirg‘izistonliklar o‘qiyotganini va ularning soni oshirilishini ham aytib o‘tdi.

Tashrif davomida Angela Merkel mamlakatdagi “tinch musulmonlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerakligini” aytdi. Bu borada Merkel, Qirg‘iziston Germaniyada mavjud bo‘lgan, o‘z imomlarini tayorlash tizimidan o‘rnak olishi mumkinligini ta’kidladi.

Undan tashqari davlat rahbarlari uchrashuvida mamlakatdagi kam sonli millatlar holati ham muhokama qilindi.

© SputnikAngela Merkel v Kirgizstane
Angela Merkel v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Angela Merkel v Kirgizstane

 

Yangiliklar lentasi
0